
“Real” Gvardiola ishongan supero‘yinchini tortib olmoqchi
“Real” tarkibini kuchaytirishdan to‘xtamaydi. Todofichajes jurnalistlarining ma’lum qilishicha, madridliklar “Manchester Siti” hujumkor o‘yinchisi Fil Fodenni nishonga oldi.
Foden bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning ishongan o‘yinchilaridan. Shunga qaramay, madridliklar tez orada muzokarani boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Fil Fodenning “shaharliklar” bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi.
“Real” mutasaddilari bu transfer uchun 110 million evro tikishga tayyor.
Foden joriy mavsumni ham muvaffaqiyatli boshladi. U dastlabki beshta uchrashuvda raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi.
Fikrlar