"Real" ham Kante uchun kurashga qo‘shildi
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Ngolo Kante "Real" Madridning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Calciomercato tarqatgan xabarga qaraganda "qirollik klubi" frantsiyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridayoq sotib olishmoqchi. Qayd etish lozimki, Kantega shuningdek "Yuventus" ham asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Kante joriy mavsum "Chelsi" safida jami 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan. Uning transferi 100 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar