"Real" hujumchisini yana ijaraga berib yuboradi

  • 28.07.2019 09:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Real” Madrid klubi hujumchisi Borxa Mayoral yana jamoani tark etadigan bo‘ldi.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli ispaniyalik futbolchi bosh murabbiy Zinedin Zidanning rejalariga kirmaydi. Shu bois rahbariyat uni yana “Levante”ga ijaraga berib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, Mayoral o‘tgan mavsumni ham “Levante”da ijarada o‘tkazdi va La Ligada 29ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!