“Real” iqtidorli legioneri ketganini e’lon qildi

  • 09.08.2025 07:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” jamoaning 23 yoshli yarim himoyachisi Reynier Madrid klubini tark etganini rasman e’lon qildi.

- “Real Madrid” Ranrierga klubga bag‘ishlagan vaqti uchun minnatdorlik bildiradi va o‘ziga hamda oilasiga hayotining yangi bosqichida muvaffaqiyatlar tilaydi, - deyiladi klub bayonotida.

 “Qirollik klubi” Reynierni 2020 yilning yozida Braziliyaning “Flamengo” klubidan 30 million evroga yaqin mablag‘ evaziga sotib olgan edi. Biroq iqtidorli o‘yinchi besh yil davomida “Real” safida birorta uchrashuvda ishtirok etgani yo‘q.

Reynier bu vaqt davomida “Borussiya Dortmund”, “Jirona”, “Frozinone” va “Granada” jamoalarida o‘ynadi.

Trasfer narxi 1,5 million evroga tushib qolgan futbolchi endi faoliyatini “Atletiko Mineyro” klubida davom ettiradigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!