
"Real" jamoa sardorining o‘rnini yosh futbolchi bilan to‘ldiradi
"Real" Madrid klubi sardori va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Nacho Fernandes "Evro-2024" turniridan so‘ng "Qirollik klubi"ni tark etishi mumkin.
Hozircha, futbolchiga asosiy da’vogar Saudiyaning "Al Ittihod" klubi hisoblanadi. "Qaymoqranglilar" Nachoning o‘rnini "Lill" himoyachisi Leni Yoro bilan to‘ldirmoqchi. Ammo "Real" ushbu futbolchi transferini keyingi yil amalga oshirishni rejalab qo‘ygandi. Nachoning ketishi Yoroning kelishini tezlashtirib yuboradi.
Ma’lumot o‘rnida, Nacho "Real" Madridga 2001 yilda kelib qo‘shilgan va ayni damga kelib u klubning sardori hisoblanadi. U bu mavsum jamoa safida barcha turnirlarni hisobga olganda 45 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta assist qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, himoyachining "Real" bilan amaldagi shartnomasi shu yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.
Fikrlar