
“Real” katta ishga qo‘l urib, “Barsa”ni dog‘da qoldirmoqchi
“Barselona” bir necha mavsumdan beri “Manchester Siti” yulduzi Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
Endi portugaliyalik hujumkor futbolchiga “Real” ham da’vogarlik qila boshladi. Madridliklar yozda Kilian Mbappe va Alfonso Devisni transfer qilishni rejalashtirgan. Uchinchi nishon sifatida aynan Bernardu Silva tanlandi.
Bernarduning o‘zi “Siti”dan ketishga tayyor. U serquyosh Ispaniyada to‘p tepishni istayapti. Qolaversa, yuqor saviyali o‘yinchini “Siti” 50 million evroga qo‘yib yuborishga rozi.
Transfer bo‘yicha ekspertlar “Barselona” uchun bu summa og‘irlik qilishi, lekin “Real”ga juda ma’qul narx ekanini ta’kidlamoqda.
“Qirollik klubi” yaqin orada yoshi o‘tib qolgan Luka Modrich bilan xayrlashadi. Bernardu Silva aynan xorvatiyalik futbolchi o‘rnini bosib, maydon markazidagi ustunlikni ta’minlab berishi kutilyapti.
Fikrlar