"Real Madrid" mehmonda "Levante" ustidan chiroyli g‘alabani qo‘lga kiritdi
La Liganing 6-turidan o‘rin olgan bahs yakunlandi. "Real Madrid" mehmonda "Levante"ni 4:1 hisobi bilan mag‘lub etdi. Uchrashuvda dastlab qirollik klubi futbolchisi Vinisius 28-daqiqada hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib esa Mastantuona farqni ikkitaga oshirdi.
Ikkinchi taymni faol boshlagan mezbonlar vakili Eyong 54-daqiqada hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Frantsiyalik hujumchi Killian Mbappe 64-daqiqada penaltidan va 66-daqiqada o‘yindan raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dublni rasmiylashtirdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng madridliklarning jami ochkolari soni 18 taga etdi.
Fikrlar