"Real Madrid" tayyor emas ekan

  • 11.07.2024 20:50
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" "Los Blancos"ning yangi hujumchisi Kilian Mbappening o‘yin formalari sotuvi boshlanganini e’lon qilganidan ko‘p o‘tmay, klub do‘koni ushbu mahsulotga bo‘lgan talab juda yuqori bo‘lgani sababli etkazib berish 4-6 haftaga kechikishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda "Marca" xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, "Real" Mbappe futbolkalariga bunchalik ko‘p buyurtma bo‘lishini kutmagandi.

Eslatib o‘tamiz, Madrid klubi frantsiyalik hujumchining rasmiy taqdimoti 16 iyul kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!