“Real” mashhur futbolchisi vafot etganini ma’lum qildi

  • 15.04.2026 22:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi sobiq futbolchisi Xose Santamariya 96 yoshida vafot etdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar qildi.

- Klubimiz hamdardlik bildiradi. Santamariya Real va jahon futbolining afsonalaridan biri edi. U bir necha bor Yevropa chempionlar kubogini qo‘lga kiritgan jamoa a’zosi bo‘lgan, - deyiladi “Qirollik klubi” bayonotida.

“Qirollik klubi” tarkibida Santamariya olti marta Ispaniya chempioni bo‘lgan va to‘rt marta Yevropa chempionlar kubogini qo‘lga kiritgan.

Xose Santamariya aslida urugvaylik futbolchi bo‘lgan va 1948-1957 yillar davomida “Nasyonal” klubi sharafini himoya qilgan. Keyin “Real”ga ko‘chib o‘tib, 1966 yilga qadar Madrid klubida o‘ynagan.

Markaziy himoyachi pozitsiyada to‘p tepgan Santamariya Ispaniya terma jamoasi uchun 16 ta uchrashuv o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!