“Real” menga murojaat qilgani yo‘q!

  • 9 sentabr, 2024, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bir necha futbolchilarning jarohati tufayli himoya chizig‘ida muammolarga duch kela boshlaganidan keyin aksariyat manbalar madridliklar bu pozitsiyaga yangi o‘yinchi olishi haqida ma’lumot tarqata boshladi.

Madridga olib kelinishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar qatorida Saudiya Arabistoni professional ligasida o‘ynayotgan Emerik Laport nomi ham tilga olindi.

“An-Nasr”ning 30 yoshli himoyachisi bu masalaga oydinlik kiritdi.

- “Real”ning qiziqishi haqida nima deyishim mumkin? Ular menga murojaat qilgani yo‘q, - dedi Emerik Laport.

Ispaniyalik himoyachi 2023 yilning yozida “Manchester Siti”dan “An-Nasr”ga ko‘chib o‘tgan edi. Uning saudiyaliklar bilan hamkorligi 2026 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!