"Real" "Milan" himoyachisini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi

  • 16.10.2023 01:21
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" mudofaani kuchaytirish maqsadida himoyachi sotib olishni reja qilgan. Variantlar orasida "Milan" vakili Malik Tiav ham bor deya xabar bermoqda "Mundo Deportivo" nashri. 

Manbaning ta’kidlashicha, ushbu transfer madridliklarga 17 million funtga tushishi mumkin. Germaniyalik futbolchiga "qaymoqranglilar"dan tashqari "Vest Xem" va "Bavariya" kabi klublar ham qiziqish bildirmoqda. 

Ma’lumot uchun, Tiav 2022 yili "Shalke"dan "Milan"ga 9 million evro evaziga kelib qo‘shilgan. U mazkur mavsumda jamoasi tarkibida 9 ta o‘yinda ishtirok etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!