
"Real" "Milan" va "Arsenal" qiziqayotgan Iskoga narx belgiladi
“Real” Madrid klubi rahbariyati hali ham jamoa yarim himoyachisi Iskoni joriy yozgi transferlar davrida sotib yuborish haqida o‘ylamoqda.
Sportmediaset tarqatgan xabarga ko‘ra, “qirollik klubi” 29 yoshli ispaniyalik futbolchiga narx belgilagan. Aniqrog‘i, madridliklar Iskoning transferidan kamida 20 million evro ishlab olishni ko‘zlamoqda.
Bundan avvalroq Iskoga “Milan” va “Arsenal” klublaridan qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Isko “Real” safida 2013 yildan buyon harakat qilib kelmoqda. U o‘tgan mavsum La Ligada 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 2 ta goliga assistentlik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar