"Real" "Milan"dan vinger sotib olmoqchi

  • 5 aprel, 2023, 22:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" futbolchisi Rafael Leau bir qator top klublar e’tiboriga tushgan. Uni yozda "Real" ham o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qiladi, deya xabar bermoqda "Coriere della Sera" nashri. Madridliklarga ushbu transfer 70 million evroga tushadi. 

Tecno

Leauga APLdan ham taklflar bor. "Manchester Siti" uni o‘z safida ko‘rishni istaydi. 23 yoshli futbolchining jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda o‘z nihoyasiga etadi. Ammo yangi bitim borasida muzokaralar o‘tkazilmayapti. 

Portugaliyalik vinger ushbu mavsumni ajoyib tarzda o‘tkazmoqda. U "Milan " tarkibida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 10 ta asssist amalga oshirdi.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!