"Real" Modrich va Kroosning o‘rnini bosadigan futbolchini topdi
"Real" Aleksis Makallisterga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda "TyS Sports". "Liverpul"dagi manbalar klubga futbolchi bo‘yicha bir nechta takliflar bo‘lganini tasdiqladi, ammo hozircha hech qanday rasmiy taklif tushmadi.
"Real Madrid" Makallisterni bu yil emas, kelasi yil sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. O‘shanda Luka Modrich va Toni Kroos katta ehtimol bilan ispan jamoasini tark etishgan bo‘ladi.
Argentinalik yarim himoyachining shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli 70 million evroni tashkil qiladi.
APLning joriy mavsumida 25 yoshli yarim himoyachi 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar