"Real" nega Endrikni "Milan"ga berishdan bosh tortdi?
Italiyaning nufuzli insayder-jurnalisti Fabrizio Romano ma’lumotiga koʻra, «Milan» yosh braziliyalik iste’dod Endrikni oʻz safiga qoʻshib olishga urinib koʻrgan.
Biroq 2024 yildan buyon futbolchining transfer huquqlariga ega boʻlgan Madriddagi «Real» klubi bu taklifni rad etgan.
- Endrik atrofidagi odamlar bilan shaxsan Jerri Kardinale bogʻlangan. Bu haqida men yuz foiz ishonch bilan gapira olaman. Lekin hozircha javob — “yoʻq”.
Balki transfer oynasi yakunlanishiga yaqin “Real” oʻz fikrini oʻzgartar, ehtimol, uni yana ijaraga joʻnatar, — deya Fabrizio Romanoning soʻzlarini keltiradi pianetamilan.it sayti.
Eslatib oʻtamiz, A Seriyaning yangi mavsumi shu hafta oxirida start olishi kutilmoqda.

Fikrlar