«Real»ning sobiq murabbiyi: «Mourin'yo muammolarni to‘g‘rilash uchun 20 kunga ega»
Madridning mashhur «Real» klubi sobiq murabbiyi Xorxe Valdano milliy terma jamoalar o‘yinlari munosabati bilan vujudga kelgan tanaffusdan «qirollik klubi» shtabi qanday foydalanishi kerakligi haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Xose Mourin’yu boshchiligidagi murabbiylar jamoasi bu imkoniyatni jamoadagi muammolarni bartaraf etish uchun ishlatishi zarur.
«Hozir oldinda 20 kunlik tanaffus turibdi. Bu vaqt mobaynida hakamlardan norozi bo‘lib yurish mumkin, lekin undan ko‘ra jamoadagi ayrim muammolarni hal qilishga urinish kerak. «Real» safar o‘yinlarida ikki marta mag‘lub bo‘ldi, yana ikki bahsda esa raqibni faqat oxirgi daqiqalarda engishga erishdi. Jamoa bosim ostida qolganda qiynalayotgani yaqqol ko‘rinib turibdi», – deya Valdanoning so‘zlarini keltiradi Defensa Central nashri.
Ma’lumot uchun, yetti turdan so‘ng madrid grandi 15 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar