
"Real" "Oltin to‘p" tashkilotchilari bilan aloqalarni uzdi
"Real Madrid" "Oltin to‘p" tashkilotchilari hisoblangan "France Football" va UEFA bilan aloqani uzdi. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "Real" mukofot tashkilotchilari, ayniqsa, "France Football" bilan aloqasini butunlay uzgan. Jamoa shuningdek, "France Football" bilan munosabatlari tufayli UEFA bilan ham har qanday aloqani bekor qildi.
Madridliklar keyingi yillarda Vinicius Junior "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishiga ishonmaydi. Bundan tashqari, braziliyalikning o‘zi ham mukofot olish uchun bundan ortiq yana qanday natijalar kerakligini tushunmaydi.
Fikrlar