
“Real” pleymeykerini 60 million evroga sotyapti
“Real” yarim himoyachisi Isko yanvarda Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi.
Joriy mavsumda chempionatda ishlari yurishmayotgan “Arsenal” tarkibni kuchaytirish maqsadida ispaniyalik pleymeykerni olib kelmoqchi. “Kanonirlar” bu transfer uchun madridliklar talab qilayotgan 60 million evroni berishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
“Arsenal” ayni paytda jamoa foydasi tegmayotgan Mesut O‘zil o‘rniga jamoa hujumkorligini oshiradigan ijrochi qidirmoqda. Ular yaqinda anchadan beri nishonda turgan Dominik Soboslaini qo‘ldan chiqardi.
Endi Mikel Arteta jamoa o‘yinini tashkil qilish va boshqarishni hamyurti Iskoga topshirmoqchi.
Fikrlar