"Real" qanot hujumini yanada kuchaytirmoqchi

  • 24 fevral, 2023, 22:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transfer oynasida "Real" hujum qanotlarini kuchaytirmoqchi. Madrid klubi "Chelsi"dan Kristian Pulishichni sotib olishi mumkin, deya xabar beradi "Defensa Central".

Tecno

"Qirollik klubi" Pulishichni Vinisius va Rodrigoga yordamchi sifatida ko‘rmoqda.

Kristian hozir 24 yoshda. Nufuzli "Transfermarkt" portali amerikalik futbolchini 38 million evroga baholamoqda.

"Aristokratlar" safida shimoliy amerikalik futbolchi 136 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 26 ta gol urdi va sheriklariga 21 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!