
"Real" Ronalduga xizmatiga yarasha pul to‘lamayapti
"Real" prezidenti Florentino Peres jamoa etakchisi Krishtianu Ronaldu klubdan olayotgan mablag‘laridan ko‘ra ko‘p foyda keltirayotganini tan oldi.
- Krishtianu Ronaldu benazir futbolchi va uning statistik ko‘rsatkichlari odamni hayratga soladi, - dedi Florentino Peres. - Biz portugaliyalik futbolchi bilan besh yillik yangi shartnoma imzolaganimizdan xursandmiz. Ronaldu klubdan olayotganidan ko‘ra ko‘proq foyda keltirmoqda.
"Real" etakchisi yaqinda klub bilan 2021 yilgacha amal qiladigan shartnomaga imzo chekdi.
Fikrlar