"Real" Sanchoni qachon sotib olishi ma’lum

  • 3 iyun, 2020, 14:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya” Dortmund vingeri Jeydon Sancho hamon “Real”ning diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Tecno

AS nashrining xabar berishicha, “qirollik klubi”ning uzoq yillik rejasidan aynan yosh va iqtidorli futbolchilarni sotib olish joy olgan. “Borussiya” va “Real” klublari o‘rtasidagi iliq munosabat sabab Sancho Madridga ko‘chib o‘tishi mumkin. Ammo, bu boradagi yakuniy qaror baribir angliyalik fubolchining o‘zida qoladi. Chunki, unga “Manchester Yunayted” va yana bir qator Evropa grandlaridan ham qiziqishlar bor.

“Real” Sanchoni 2021 yilda sotib olishni rejalashtirmoqda. Boisi, koronavirus tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz sabab “qirollik klubi” bu yoz yirik xaridlarni amalga oshirmoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!