"Real" sardori EChLda "Barselona" futbolchisi o‘rnatgan rekordni takrorladi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Serxio Ramos kecha Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan "Bryugge"ga (2:2) qarshi o‘yinda o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli ispaniyalik futbolchi shu tariqa ushbu musobaqa rekordini takrorladi. Aniqrog‘i, u EChLning 10 ta mavsumida gol urgan ikkinchi himoyachiga aylandi.
Ma’lumot uchun, bungacha faqatgina "Barselona" himoyachisi Jerar Pike ushbu natijani qayd etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Ramos "Real" Madrid safida 2014, 2016, 2017 hamda 2018 yillarda ushbu musobaqa g‘olibi bo‘lgan.
Fikrlar