“Real” supermurabbiyni jamoani boshqarishga taklif qildi
“Real” ispaniya chempionatining 15-turida o‘z maydonida “Selta”ga 0:2 hisobida yutqazib qo‘yganidan keyin bosh murabbiy Xabi Alonsoning kursisi sezilarli darajada qimirlab qoldi.
Bungacha jamoa ichida Xabi Alonsoga norozilik kuchayib borayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilgandi. Qolaversa, jamoa o‘yinida ham pasayish davom etmoqda.
Bir necha manbalarning yozishicha, Xabi Alonso katta bosim ostida qolyapti. Madridliklar yaqin vaqt ichida bosh murabbiyni almashtirish ehtimoliga ega.
Shu orada Indykaila News nashri “bomba”, deb atagan ma’lumotni oshkor qildi. Unda aytilishicha, “Qirollik klubi” mashg‘ur murabbiy Yurgen Kloppga jamoani boshqarish taklifini bergan.
Biroq Kloppning “Real”da ishlash ehtimoli yuqori emasligi aytilyapti.
Yurgen Klopp 2025 yil boshidan buyon “Red Bull” futbol tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. Germaniyalik mutaxassis 2024 yilning yozida “Liverpul”dagi to‘qqiz yillik faoliyatini yakunlab, murabbiylik ishini to‘xtatgan edi.

Fikrlar