
“Real” tarbiyalagan futbolchi ikki kishini o‘limdan qutqardi
“Real” tarbiyalagan hujumkor futbolchi Serxio Arribas cho‘kayotgan ikki kishini qutqarib qoldi.
AS nashrining yozishicha, voqea Maldiv orollarida yuz bergan. Serxio ta’tildi shu erda o‘tkazayotgan edi. U cho‘kayotgan ikki kishini ko‘rib qoladi va o‘zini suvga otadi.
Futbolchi ularni qirg‘oqqa olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Arribas “Kastilya”da tarbiyalangan bo‘lsa-da, “Real”ning birinchi jamoasiga qabul qilinmagan. 22 yoshli futbolchi o‘tgan yoz “Almeriya” futbolchisina aylandi.
Yakunlanmagan mavsumda La Ligada 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘qqizta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar