"Real" tarbiyalanuvchisi "Vilyarreal"ga o‘tdi
"Valensiya"ning yana bir futbolchisi Daniel Parexo "Vilyarreal"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Hozircha transfer narxi e’lon qilinmayapti. 31 yoshli ispaniyalik futbolchi esa, “sariq suv osti kemasi” bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolagan.
Dani Parexo asli “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Valensiya” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida “ko‘rshapalaklar” tarkibida 383 ta o‘yinda maydonga tushdi va 63 ta gol hamda 62 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar