“Real” tarkibini ikki yulduz futbolchi bilan kuchaytirmoqchi
“Real Madrid” yozgi transferlar oynasida oʻz tarkibini yangi futbolchilar bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
COPE nashri maʼlumotiga koʻra, agar Florentino Peres klub prezidenti sifatida qolsa, madridliklar “Inter” himoyachisi Alessandro Bastoni hamda PSJ yarimhimoyachisi Joau Neveshni sotib olishga harakat qiladi.
Shuningdek, “Real” oʻz tarbiyalanuvchisi Viktor Munyosni ham qaytarishga qaror qilgan. U hozir “Osasuna”da toʻp tepmoqda va boʻlajak Jahon chempionati uchun Ispaniya terma jamoasi qaydnomasidan joy olgan. Klub ushbu futbolchini 5 mln yevroga sotib yuborish huquqiga ega.
Maʼlumot uchun, “qaymoqranglilar” yakunlangan mavsumni sovrinsiz yakunladi.

Fikrlar