"Real" transfer uchun hiyla ishlatdi. "Bavariya" chuv tushdi!
Madridning «Real» klubi vakillari shu haftada Germaniyaga safar qilib, «Leypsig» rahbariyati bilan hujumchi Yana Diomandani sotib olish masalasini muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi. AS nashrining yozishicha, futbolchining o‘zi ham «Real»ga o‘tishga rozilik bergan.
Manbaga ko‘ra, hozircha kelishuv to‘liq yakunlanmagan, ammo 19 yoshli forvardning «Real»ga 115–120 million yevro atrofidagi summa evaziga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, avvalroq Diomandaning kelajagi PSJ bilan bog‘lanib kelaotgandi. Ammo madridliklar muzokaralarni yashirin tarzda olib borgan, omma e’tiborini esa «Bavariya» vingeri Maykl Olisega bo‘lgan qiziqish haqidagi mish-mishlar bilan chalg‘itib turgan. Shu orqali ular «Leypsig» futbolchisi bo‘yicha bitimni tayyorlagan. Bu holat himoyachi Mark Kukurelya transferiga o‘xshatilmoqda: o‘shanda ham «Real» Ispaniya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan futbolchiga boshqa klublar da’vogarlik qilayotgan bir paytda to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Chelsi» bilan aloqa o‘rnatgan edi.
O‘tgan mavsumda Diomanda barcha musobaqalar doirasida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati 90 million yevroga baholangan.
«Real» Madrid nima uchun XX asrning eng yaxshi klubi sifatida e’tirof etilgani bejiz emas:

Fikrlar