
“Real” Trentdan zo‘rini topib qo‘ydi
“Liverpul” o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldning kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. 25 yoshli futbolchining klub bilan shartnomasi yozda tugaydi.
Hozircha, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniga etgani yo‘q. “Liverpul” o‘z tarbiyalanuvchisini saqlab qolmoqchi.
Boshqa tomondan “Real” Trentni o‘z safida ko‘rmoqchi. Biroq bu transferning amalga oshishi ham kafolatlanmagan. Shu bois madridliklar angliyalik futbolchi o‘rniga boshqa nomzod ham topib qo‘ydi.
Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, agar Trentning transferi amalga oshmasa, “Qirollik klubi” yozda “Tottenxem” o‘ng qanot himoyachisi Pedro Porroni oladigan bo‘lyapti. Biroq ispan futbolchisining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha davom etishi tufayli madridliklar 45 million evro atrofida badal puli to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar