"Real" Valverde va Tchuameniga katta miqdorda jarima soldi

  • 08.05.2026 20:31
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" klubi Federico Valverde va Orelien Tchuameniga nisbatan ochilgan intizomiy ish bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

Klub ma’lumotiga ko‘ra, ikki futbolchi bugun ishni ko‘rib chiquvchi mas’ul shaxs oldida hozir bo‘lgan. Suhbat davomida ular sodir bo‘lgan voqeadan to‘liq pushaymon ekanini bildirib, bir-biridan kechirim so‘ragan.

Shuningdek, futbolchilar klub, jamoadoshlar, murabbiylar shtabi va muxlislardan ham uzr so‘rab, "Real" tomonidan belgilanishi mumkin bo‘lgan har qanday jazoni qabul qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

Natijada madriddliklar har ikki futbolchiga 500 ming evrodan moliyaviy jarima qo‘llashga qaror qildi. Shu bilan klub ichidagi intizomiy jarayon yakunlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!