"Real" Valverdeni 1 milliard evroga sotishga tayyor
Madridning "Real" klubi yarim himoyachi Federiko Valverdeni sotishga tayyor, ammo bu oson bo‘lmaydi. "Defensa Central" nashrining xabariga ko‘ra, klub prezidenti Florentino Peres ehtimoliy xaridorlarni ogohlantirgan: agar ular urugvaylik futbolchini sotib olmoqchi bo‘lsa, shartnomadagi 1 milliard evro miqdoridagi ozod etish bandini faollashtirishlari kerak bo‘ladi.
Avvalroq Valverdega Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi qiziqish bildirgani haqida xabar berilgandi.
Joriy mavsumda 27 yoshli xavbek barcha musobaqalarda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Futbolchining "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.



Fikrlar