“Real” Vinisius bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishgani inkor etildi
Hozircha “Real” va hujumchi Vinisius Zhunior oʻrtasida 2027 yil yozida tugaydigan shartnomani uzaytirish boʻyicha aniq kelishuv mavjud emas. Bu haqida The Athletic xabar berdi.
Manbaga koʻra, klub futbolchiga soliqlardan keyin yiliga 20 million yevro maosh taklif qilgan, biroq braziliyalik yulduzning agentlari qariyb 30 million yevro talab qilmoqda. Hozirda Vinisiusning maoshi 17 million yevroni tashkil etadi.
Taʼkidlanishicha, talab qilingan 30 million yevro bazaviy maosh, bonuslar va shartnomani uzaytirish uchun toʻlovlarni oʻz ichiga oladi. Ilgari klub boshqa futbolchilarga bunday shartlarni taklif qilmagan.
2025 yil yozidan buyon Vinisius bilan shartnomani uzaytirish masalasida sezilarli oʻzgarishlar kuzatilmagan.

Fikrlar