“Real” Xoland o‘rniga boshqa to‘purar oladigan bo‘ldi

  • 3 mart, 2022, 11:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yozda Kilian Mbappeni asosiy nishon qilib tanlagani bois, Erling Xoland transferini amalga oshira olmaydi.

Madridliklar yaqinda norvegiyalik to‘purardan yana bir yil “Borussiya”da qolishni so‘ragan va kelasi yili uni o‘z safiga qo‘shib olish rejasini bildirgan.

Biroq, Xolandning yozda boshqa klubga o‘tib ketish ehtimoli katta. Dortmundliklar ham uning o‘rniga boshqa hujumchi qidiryapti. Erlingga asosiy da’vogar sifatida “Manchester Siti” tilga olinmoqda.

“Qirollik klubi” Xolandni qo‘lga kirita olmasa, e’tiborini “Napoli” hujumchisi Viktor Osimxenga qaratadi. Nigeriyalik o‘yinchi A Seriya klubiga 20209 yili “Lill”dan 75 million evroga o‘tgan edi. Neopolliklar 23 yoshli hujumchisni 120 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sobir Qandahorov
03/03/2022 13:24
20209 футбол тугул инсоният цивилизацияси тугаб кетмаса....
Уша йиллари хатто Месси ва Роналду хам эсга олинмайди