
“Real” Xoland o‘rniga boshqa to‘purar topdi
Ispaniyaning Fichajes sayti “Real” rahbariyati Erling Xoland o‘rniga boshqa to‘purar olishga qaror qilgani haqida xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, madridliklar “Manchester Yunayted” bilan amalagi shartnomasi tugab borayotgan Edinsonni Kavanini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.
Krishtianu Ronaldu Manchesterga kelganidan keyin o‘yin amaliyoti kamayib ketgan urugvaylik hujumchi Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tish istagini bildirganidan keyin madridliklar unga e’tibor qarata boshladi.
“Qirollik klubi” Kavanini jamoaning asosiy to‘purari Karim Benzemaga o‘rinbosar sifatida olib kelmoqchi. Hozir jamoada frantsiyalik futbolchining o‘rnini bosa oladigan hujumchi yo‘q.
Fikrlar