
"Real" yana Ispaniya hakamlaridan norozi
Bu yil yozda Ispaniya hakamlar tashkiloti o‘z tuzilmasini o‘zgartirib, referilarning ishining sifatini oshirishga harakat qildi. Biroq, "Real" so‘ngi uchrashuvda jamoaning bir nechta bekor qilingan gollaridan keyin ham hakamlikdan norozi.
Shu bilan birga, Madrid klubidagilarning fikricha, VAR bilan bog‘liq bahsli qarorlardan raqiblar "Barselona" va "Atletiko" foyda ko‘rgan. Bu haqda ESPN klubdagi manbasiga tayanib xabar bermoqda.
Shu bilan birga, manba vaqt o‘tishi bilan bu masalada keskinlik pasayishiga umid bildirdi.
Qayd etilishicha, Evropaning top-5 ligalarida "Real" o‘tgan mavsum boshidan beri VARga murojaat qilganidan keyin bekor qilingan gollar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar