“Real” yangi loyihani ikki futbolchi atrofida quradi. Qolganlarga eshik ochiq...

  • 25.04.2026 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” klubi ichki musobaqalar va Evropa Chempionlar ligasidagi navbatdagi omadсиз mavsumdan keyin jiddiy qayta qurishga qo‘l urishi haqida ma’lumotlar chiqa boshlandi.

Katta ehtimol bilan yozda bosh murabbiy Alvaro Arbeloa lavozimini tark etadi, shuningdek, bir qator futbolchilar bilan xayrlashish haqida qaror qabul qilingan.

Diario AS nashrining xabar berishicha, kutilayotgan o‘zgarishlar Kilian Mbappe va Vinisius Zuniyorga ta’sir qilmaydi. Har ikki hujumchi ham tegib bo‘lmas o‘yinchi hisoblanadi.

Keyingi loyiha aynan ular atrofida quriladi. Klub rahbariyati qolgan har qanday futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligi aytilmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!