
"Real" yarim himoyani kuchaytirish uchun APLdan futbolchi olib kelmoqchi
Argentina terma jamoasi va Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Entso Fernandes faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Xavbekni Madridning "Real" klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deya xabar bermoqda insayder Gustavo Mendes.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar muzokaralar o‘tkazib, hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishgan. Fernandes hozircha hech qanday shartnomaga imzo chekmadi. "Aristokratlar" yarim himoyachini sotib, 2023 yilda "Benfika"ga to‘lagan 120 million evroni qo‘lga kiritmoqchi. Entsoning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilgacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Fernandes joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 75 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar