"Real" yulduziga A Seriya grandlari da’vogar

  • 15 fevral, 2022, 17:50
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Real" yarim himoyachisi Isko madridliklar bilan yangi shartnoma imzolamoqchi emas. Futbolchi "qirollik klubi"ni erkin agent maqomida tark etmoqchi. 

"Football Italia" nashrining xabariga ko‘ra, "Yuventus" va "Milan" klublari ispaniyalik havbekni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Shuningdek, uning xizmatiga "Fiorentina" hamda "Sevilya" jamoalari qiziqish bildirmoqda. 

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Isko La Ligada 11ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!