
“Real” yulduzining qaysi holatda jamoadan ketishi aniq bo‘ldi
“Real” bugungi kunda jahon futbolida eng kuchli tarkibga ega jamoalardan biriga aylangan. Ayniqsa, “Qirollik klubi”ning hujum chizig‘ida yuqori saviyali o‘yinchilar to‘planib qoldi.
Yozda tarkibga Klian Mbappe va Endrik qo‘shilganidan keyin Rodrigoning boshqa jamoaga o‘tishi haqidagi ma’lumotlar chiqa boshlagan edi. Endi braziliyalik o‘yinchi masalasi yana birinchi planga ko‘tarilmoqda.
Transfer News Live nashrining yozishicha, Rodrigo “Real”da qachongacha o‘ynashi haqida bir qarorga kelib bo‘lgan. Manbaga ko‘ra, 23 yoshli hujumkor futbolchi “Real”ning muhim o‘yinchisi ekanini his qilar ekan, klubdan ketmaydi. Agar uning o‘yin vaqti keskin kamaysagina boshqa klubga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Aslida Rodrigoga xaridorlar etarli. Yaqinda “Liverpul” bu o‘yinchi uchun 100 million evro to‘lashga tayyorligi haqida axborot tarqatilgan edi.
Fikrlar