“Real” Zidanga og‘ir shart qo‘ydi
Ispaniya chempionatida kutilgan o‘yin namoyish qila olmayotgan “Real”da bosh murabbiy o‘zgarishi mumkinligi haqidagi xabarlar ko‘payib qoldi.
Shunga qaramay, “Qirollik klubi” rahbariyati Zinedin Zidan bir shartni bajarsa, ishini davom ettirish imkoni berilishini bildirdi. Frantsiyalik mutaxassis joyida qolishi uchun jamoa Evropa Chempionlar ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritishi kerak.
Ichki musobaqalarda esa, “Real”ning omadi kelmayapti. Jamoa Ispaniya kubogida uchinchi divizion vakili “Alkoyano”dan mag‘lubiyatga uchradi, chempionatda esa “Atletiko”dan bir o‘yin ko‘p o‘tkazgan holda, o‘n ochkoga ortda qolmoqda.
Zinedin Zidan o‘z vaqtida murabbiy sifatida “Real”ni uch marotaba Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirgan.

Fikrlar