"Real"da koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi

  • 28.07.2020 18:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" Madrid klubi hujumchisi Mariano Diasning koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natija berdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi ayni damda o‘z uyida va o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Mariano joriy mavsum “Real” safida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, Zidedin Zidan jamoasi o‘zlarining navbatdagi uchrashuvini 7 avgust kuni EChL 1/8 final javob bahsi doirasida Angliyada “Manchester Siti”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!