"Real"da mojaro boshlandi
Ispaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan «Jirona» - «Real» o‘yinida, madridliklar himoyachisi Marselo va yarim himoyachi Luka Modrich ziddiyatga borgan, deb xabar bermoqda Cuatro.
Xorvatiyalik futbolchi vaziyatlardan birida, braziliyalik o‘yinidan norozi bo‘lib, unga tanbeh bergan. Bunga javoban Marselo: «Meni xatoga yo‘l qo‘yganlikda ayblayapsanmi? O‘zingchi? Sen xatoga yo‘l qo‘ymaysanmi?» - deb baqirgan.
Eslatib o‘tamiz, 1:0 hisobida oldinda borgan Zidan shogirdlari yakunda 1:2 hisobida yutqazgan edi.
Fikrlar