“Real”ga gol urgan futbolchi Mbappedan uzr so‘radi

  • 02.02.2025 13:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

Ispaniya chempionatining 22-turida musobaqa peshqadami “Real” safar uchrashuvida “Espanol”ga kichik hisobda yutqazib qo‘ydi.

Uchrashuvdagi yagona golga mualliflik qilgan “Espanol”ning chap qanot himoyachisi Karlos Romero raqib hujumchisi Kilian Mbappedan uzr so‘radi.

Bellashuvning 60-daqiqasida himoyachi Mbappega orqadan podkat tashlab, uni yiqitdi. Lekin hakam uni haydamadi. Natijada aynan Romero 85-daqiqada “Real” darvozasini ishg‘ol qildi.

- Men Mbappeni to‘xtatish imkonsizligini bilaman, uni qo‘limdan kelgancha ushlab qolishga harakat qildim. To‘rg‘i, qilgan ishim xunuk bo‘ldi, men undan uzr so‘radim. Bu vaziyat janjalga bormadi, hammasi maydonda qoldi, - dedi Kaolos Romero.

Ko‘pchilik, xususan, madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Mbappe yiqitilgan vaziyatda Romeroga qizil kartochka berilishi kerakligini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Yunusov Bahrom
02/02/2025 23:16
2 ta sabab bor ekan qizilga