“Real”ga Italiya yulduzi kerak

  • 19 oktabr, 2021, 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati “Yuventus” safida porlayotgan hujumkor futbolchi Federiko Kezaga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Kezaning ashaddiy muxlisi hisoblanadi va uni “Real”da to‘p surishini istayapti.

Biroq, “Qirollik klubi”ga Italiya terma jamoasi yulduzini olish oson bo‘lmaydi. Unga “Chelsi”, “Manchester Yunayted” kabi qudratli klublar og‘iz solmoqda.

Qolaversa, Italiya terma jamoasining Evropa chempionatidagi g‘alabasidan so‘ng, Federiko Kezaning ham transfer summasi oshib ketdi. “Yuventus” Krishtianu Ronaldu ketganidan keyin jamoaning etakchisiga aylanib qolgan futbolchini 100 million evrodan kamiga qo‘yib yubormaydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!