
“Real”ni qutqargan 18 yoshli Endrik gollarini kimga bag‘ishladi?
“Real” Ispaniya kubogi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda “Selta” bilan kuch sinashdi. Nimchorak final bahsining asosiy vaqti 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi. Qo‘shimcha taymlarda madridliklar mehmonlar darvozasini yana uch marotaba ishg‘ol qilib, keyingi bosqichga o‘tdi.
“Real”ni qutqargan gollardan ikkitasini 79-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Endrik kiritdi.
Uchrashuvdan keyin 18 yoshli braziliyalik futbolchi o‘z fikrlarini bildirdi.
- “Real”da menga hamma narsa yoqadi, klubning o‘zi, muxlislar. Gollarimni Antonio Ryudigerga bag‘ishlayman, chunki u menga har kuni yordam beryapti. Men bu klubga kelib, har qachongidan ko‘proq mehnat qilishim kerakligini bilardim. Eng yaxshi o‘yinlarimni aynan “Real”da namoyish qilishni istayman, - dedi Endrik.
Yosh iste’dod egasi 2024 yilning iyulida “Qirollik klubi”ga kelib qo‘shilgan edi. Shu paytga qadar barcha turnirlarda 17 marotaba maydonga tushib, to‘rtta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar