"Real"ni tark ketishi mumkin bo‘lgan futbolchiga "Barselona" qiziqib, rad javobini oldi

  • 7 mart, 15:29
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Real Madrid" darvozaboni Andrey Luninning kelajagi borasida yangi xabarlar paydo bo‘ldi. "Fichajes" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, ukrainalik posbonga "Barselona" qiziqib ko‘rgan. 
 
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli darvozabonga "Barselona" jiddiy qiziqish bildirib, Ter Shtegenga o‘rinbosar sifatida ko‘rgan. Klub prezidenti Joan Laporta futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan bog‘lanib, uning transfer ehtimolini muhokama qilgan. 
 
Biroq, Mendesh bu taklifni rad etib, Lunin "Barsa"ga o‘tishni o‘ylamayotganini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, "Real Madrid" ham o‘z o‘yinchisiini azaliy raqibga qo‘yib yuborish variantini qat’an rad etmoqda. 

Andriy Lunin of Real Madrid looks on during the Spanish league, LaLiga EA Sports, football match played between Real Betis and Real Madrid at Benito...
 
Joriy mavsumda Lunin "qirollik klubi" safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol o‘tkazib yubordi va 4 ta uchrashuvni "quruq" yakunladi. Shuningdek, u La Ligada o‘z hisobiga golli uzatma ham yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Faxriddin
07/03/2025 20:40
Сарлавҳада хато кетибди-ю.