"Real"ning ikki yulduzi koronavirus yuqtirib oldi

  • 15 dekabr, 2021, 16:55
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tobora jiddiylashib bormoqda. Bir necha kun oldin "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" ishtirokidagi o‘yinlar qoldirilgandi.

Tecno

Endi "Real" klubi ikki yulduzi Luka Modrich va Marselo ham virus yuqtirib oldi. Bu haqda madridliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ikki futbolchi "qirollik klubi"ning navbatdagi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. "Real" 19 dekabr kuni La Liga 18-turi doirasida "Kadis"ni qabul qiladi. O‘yin "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!