"Real"ning Traore uchun kurashga qo‘shilgani "Barsa"ni xavotirga solib qo‘ydi

  • 8 fevral, 2020, 16:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi “Vulverxempton” vingeri Adam Traore uchun bo‘ladigan raqobatda “Real”ga imkoniyatni boy berishni xohlamayapti.

Tecno

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli futbolchi uchun “qirollik klubi”dan ham qiziqishlar paydo bo‘la boshlagach, “ko‘k-anor ranglilar” unga bo‘lgan e’tiborini yanada oshirishgan. Biroq, shunday bo‘lsada “Barsa” haligacha ushbu transfer yuzasidan APL klubi bilan aloqaga chiqmagan.

Ma’lumot uchun, “Vulverxempton” Traoreni 2018 yilning yozida 18 mln funt evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum premer-ligada 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!