Reshford APLga qaytishi mumkin

  • 08.12.2025 17:08
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" vingeri Markus Reshfordga Angliya Premier-ligasi klublaridan takliflar bor. 

"Caught Offside" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, angliyalik futbolchini Kataloniya klubi sotib olishdan bosh tortgan taqdirda, APLning 3ta grandi uni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Reshford uchun, "Arsenal", "Chelsi", "Tottenxem" klublari kurash olib borishi kutilmoqda. "Transfermarkt" portali futbolchini 40 million evroga baholamoqda. 

Ma’lumot uchun, 28 yoshli vinger joriy mavsumda barcha musobaqalarda umumiy 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!