Reylli Opelkaning Floridadagi ishi tugadi

  • 10 may, 2020, 15:31
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Floridada tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan "MyUTR Pro Match Series" turnirida g‘olib va sovrindorlar nomi aniq bo‘ldi.

Tecno

Musobaqaning uchinchi o‘rni uchun o‘tgan bahsda Xubert Gurkach (Polsha) va Tommi Pol (AQSh) o‘zaro raqobatlashdi. Ushbu uchrashuvda Xubert raqibini 4:1, 0:4, 4:1 hisobida dog‘da qoldirdi.

So‘nggi hal qiluvchi final o‘yinida amerikalik Reylli Opelka serbiyalik Miomir Kechmanovichni 4:3, 2:4, 4:2 hisobida engdi va musobaqa g‘olibiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!