Riberi yarim yillik tanaffusdan so‘ng yana maydonga qaytmoqda

  • 10.05.2020 22:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Fiorentina» klubi yarim himoyachisi Frank Riberining koronavirusga qarshi topshirgan testi manfiy natija bergan.

Football Italia nashrining ma’lum qilishicha, endi frantsiyalik futbolchi dekabr oyidan buyon ilk bor mashg‘ulotlarga kirishishi mumkin. U o‘tgan yilning dekabrida to‘pig‘ini operatsiya qildirgan edi.

37 yoshli Riberi Myunxendan Florentsiyaga qaytgach, 14 kunlik karantin muddatini o‘tab chiqdi. U yaqin kunlarda jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shiladi. U so‘nggi bor 30 noyabr kuni maydonga tushgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!